Xorazmda kanalizatsiya quvuriga tushgan 3 erkak zaharlanib, vafot etdi

Xorazm viloyati, Urganch tumani, Chotko‘pir qishlog‘ida 27 avgust kuni fojia yuz berdi.
Orzu mahallasida yashovchi fuqarolar X.Shukurulloyev, O.Kurbanov va Sh.Kurbanov ko‘pqavatli uylarning kanalizatsiya suvlarini haydab chiqarish uchun mo‘ljallangan kamera ichiga tushishgan. Xorazm viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, ular kamera ichida to‘planib qolgan gazdan zaharlanib, hodisa joyida vafot etishgan.
Holat yuzasidan, Urganch tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Keyinchalik, jinoyat ishi Xorazm viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasiga o‘tkazilib, nazoratga olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:30 / 18.04.2025
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

23:57 / 16.04.2025
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi

12:07 / 15.04.2025