Jahon | 21:21 / 07.09.2021
7263
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya milliy aviakompaniyasi Kobulga reyslarga chipta sotishni boshladi

Turkiya milliy aviakompaniyasi Turkish Airlines Istanbuldan Afg‘oniston poytaxti Kobulga reyslarga chipta sotishni boshladi. Bundan kompaniya saytidagi ma'lumotlar darak bermoqda. Ayni vaqtda Kobul bilan xalqaro aviaaloqa to‘xtatilgan.

Foto: Leon Neal / Getty Images

Aviakompaniya saytida 1 oktabr va undan keyingi sanalarga Kobulga reyslarga chipta xarid qilish imkoniyati paydo bo‘lgan. Chipta narxi shinamlik darajasiga bog‘liq holda 7275 liradan 15035 liragachani tashkil qiladi.

Ayni vaqtda turk aviakompaniyasi Airbus A330-203 yoki Boeing 777-300ER samolyotlarida Kobulga kuniga bitta reys amalga oshirmoqchi.

Shuningdek, aviakompaniya saytida 2 oktyabrdan boshlab Istanbuldan Kobulga Dehli orqali reysga chipta sotib olish ham mumkin bo‘ladi. Taxmin qilinishicha, Dehlidan Kobulga yo‘lovchilarni Air India aviakompaniyasi yetkazib qo‘yadi. Hozircha hind aviakompaniyasi saytida Kobulga reyslarga chipta sotish e'lon qilinmagan.

Biroq Hindistonning yana bitta aviakompaniyasi SpiceJet sayti ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya 1 oktyabrdan Dehlidan Kobulga reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Anqara AQSh va Qatar bilan Kobul xalqaro aeroporti faoliyatini tiklash bo‘yicha ish olib borayotganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlashicha, aeroport ta'mirlanishi mumkin, unda hozir 19 nafar turk mutaxassisi ish olib bormoqda. Biroq Kobulga tijorat reyslarini amalga oshirishdagi asosiy to‘siq aviaaloqa xavfsizligi kafolatlanishi hisoblanadi. Chovusho‘g‘lu aeroport qo‘riqlanishini xususiy kompaniyalar yoki boshqa davlatlar ta'minlashi mumkinligini aytgan. 

“Ungacha aviakompaniyalar Kobulga uchishni istasa ham, sug‘urta kompaniyalari bunga yo‘q qo‘ymaydi”, deb aytgan Turkiya vakili.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid