Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumanida joylashgan oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar Yunusobod tumani Bodomzor ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot taqdim etdi.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 11 sentabr kuni soat 14:36da Yunusobod tumani Bodomzor ko‘chasida joylashgan «Grant somsa» oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar FVBning 6 ta yong‘in-o‘chirish ekipaji soat 14:39da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:02da o‘rab olinib, soat 15:19da to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 150 kvadrat metr maydonida tom va shift qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
“Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:58 / 21.05.2025