O‘zbekiston | 10:49 / 13.09.2021
3424
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda mustaqillikning 30 yilligiga 30 ta kitob nashr qilindi

Navoiy viloyatida muqaddas qadamjolar, shahar-tumanlar tarixi va buguni, yirik korxonalar, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda davr qahramonlarihaqida so‘zlovchi 30 ta kitob nashrdan chiqdi. Bu haqda Kun.uz’ga Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida kitoblarning taqdimoti o‘tkazilgan. Unda Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov, Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Quvondiq Sanaqulov, korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari, yozuvchi-shoirlarishtirok etgan. 

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Otabek Aslonovga ko‘ra, viloyat hokimi tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyiha doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarixi va buguni bilan bog‘liq 10 ga yaqin, Nurota, Xatirchi, Qiziltepa, Navbahor va Konimex tumanlari hamda G‘ozg‘on shahrining tarixi, mazkur hududlarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar haqida, tibbiyot, bank, ichki ishlar hamda prokuratura sohalari yuzasidan kitoblar, shuningdek, yirik sanoat korxonalari haqida kitob-albomlar chop etilgan.

Tadbirda kitoblarni chop etishda bevosita ishtirok etgan bir guruh tarixchi olimlar, yozuvchi hamda shoirlar va jurnalistlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan. 

Mavzuga oid