Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgust oyida o‘zbekistonliklarning uy sotib olish ko‘rsatkichi 20,6 foizga oshgan
Avgust oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha 21,8 ming dona shartnoma rasmiylashtirilgan. Bu iyul oyiga (18,1 ming) nisbatan 20,6 foizga ko‘p.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillariga ko‘ra, joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha 21,8 ming dona shartnoma rasmiylashtirilgan. Bu iyul oyiga (18,1 ming) nisbatan 20,6 foizga ko‘p. Shu bilan birga, 2020 yilning mos davriga (15,6 ming) nisbatan o‘sish 39,5 foizni tashkil etmoqda.
Joriy yilning iyul oyiga nisbatan barcha hududlarda o‘sish kuzatilgan.
Xususan, ko‘chmas mulk oldi-sotdisining eng yuqori o‘sish sur'atlari Buxoro (37,4 foiz), Qashqadaryo (33,1 foiz), Andijon (31,5 foiz) va Surxondaryo (25,9 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
Ko‘chmas mulk bozorida bitimlar soni ko‘payishining asosiy sabablari sifatida epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi va iqtisodiyotga bosim o‘tkazadigan karantin cheklovlarining yengillashtirilishi, ommaviy emlash, ta'til mavsumining tugashi va faol ish mavsumining boshlanishi kabi omillar ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
17:02 / 15.05.2025