Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 11 nafar o‘zbekistonlikning o‘limida ayblangan Xitoy fuqarosiga hukm e'lon qilindi
Sun Anni ikki va undan ortiq kishining o‘limiga olib kelgan yong‘in xavfsizligi talablarini buzish va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatishda ayblangan.
Sud yog‘ochni qayta ishlovchi «Grin Vud» kompaniyasi direktori Sun Annini to‘rt yil manzil-koloniyada jazo o‘tashga hukm qildi. Bu haqda Kommersant' xabar berdi.
Tergov xulosasiga ko‘ra, u xavfsizlik talablariga javob bermaydigan binoda kompaniya ishchilarining yashashini tashkil etgan. Natijada u yerda o‘tgan yil yanvarda yong‘in yuz berib, 12 kishi, jumladan, 11 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.
Sun Anni ikki va undan ortiq kishining o‘limiga olib kelgan yong‘in xavfsizligi talablarini buzish va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatishda ayblangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 21 yanvarga o‘tar kechasi Rossiyaning Tomsk oblasti Asino tumanidagi bir qavatli yog‘och uyda yong‘in ro‘y berib, uyning 208 metr kvadrat maydoni yonib ketgandi.

Dastlabki xabarlarda yong‘in oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani, ularning 10 nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilgandi. Keyinroq yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 11 kishiga yetgani xabar qilindi.
«Grin Vud» kompaniyasi 2011 yilda Tomsk oblasti Asino shahrida ro‘yxatga olingan. Sun Anni 2019 yildan buyon uning direktori hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025