Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung kompaniyasi aksiya e'lon qiladi va sovg‘aga oshxona havo tortkichini taqdim etadi
15 sentyabrdan 31 oktyabrgacha oshxona pishirish yuzasi va duxovka xarid qilinganida Samsung kompaniyasi har bir xaridorga havo tortkich sovg‘a qiladi.
Kompaniya Samsung kompaniyasi oshxona texnikasini yangilashni rejalashtirganlar uchun manfaatli aksiyani e'lon qiladi. 15 sentyabrdan 31 oktyabrgacha taom tayyorlanadigan yuza va duxovka xarid qilinganida har bir xaridor sovg‘aga havo tortkich oladi.
Sovg‘alar soni cheklangan, shu bois shoshganingiz ma'qul.
Aksiyada quyidagilar ishtirok etadi:

- Duxovkalar
Bejirim Samsung duxovkali shkaflari nafaqat zamonaviy oshxona intereriga juda mos tushadi, balki mazali taomlar tayyorlashning ajralmas qismi hisoblanadi. Dual Cook texnologiyasiga ega elektr pechlari bir vaqtning o‘zida turli haroratlarda va vaqtda ikkita taomni tayyorlash imkonini beradi, bu vaqtni sezilarli darajada tejaydi.
Samsung duxovkalaridagi Dual Fan texnologiyasi issiqlikni bir tekis taqsimlaydi, shu sababli taomlar ajoyib ta'mga ega bo‘lgan holda tez va yaxshi tayyorlanadi.
- Taom tayyorlanadigan induksion, elektr, gaz panellar.

- Induksion panellar.
Taom tayyorlanadigan o‘rnatma induksion panel – bu oddiy va intuitiv tarzda tushunarli boshqarish degani. Panel faqat metall idishda ishlaydi va bu bilan sizni va oilangizni kuyishlardan asraydi. Bunday ishlash tamoyilining afzalliklari juda ko‘p. Ulardan biri – xavfsizlik - induksion plitalarga kuymaysiz. Ikkinchisi – taom tayyorlashning qulayligi va tozalashning osonligi.
- Elektr panellari.
Samsung kompaniyasining bejirim taom pishirish yuzalari oshxonangizni ideal tarzda to‘ldirib turadi. Siz ular bilan oshxona hududida deyarli chegaralanib qolmaysiz. Samsung kompaniyasining elektrda ishlaydigan taom tayyorlash yuzalari universal bo‘lib, ularda har qanday shakl va o‘lchamdagi idishlardan foydalangan holda taom tayyorlash mumkin. Bunday yuzalar bitta yengil qo‘l harakati bilan boshqariladi.

- Gaz panellari.
Gazda ishlaydigan taom pishirish panellari oshxona hududini sezilarli darajada tejaydi, chunki ular duxovkasiz o‘rnatilishi mumkin. Taom tayyorlash yuzalarining ergonomikasi ovqat tayyorlashni juda oddiy va yoqimli jarayonga aylantiradi.

Eng asosiysi esa – sovg‘a.
Samsung kompaniyasining oshxona havo tortkichlari bug‘lar va hidlarni samarali bartaraf etgan holda katta so‘rish quvvatiga ega. Ular bir nechta tezlik rejimida mutlaqo shovqinsiz ishlaydi. Ularning universal dizayni esa har qanday oshxona intereriga mos tushadi.
Aksiya Mediapark, Texnomart, Idea, Goodzone, Olcha.uz, Diskont do‘konlarida hamda butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab joylashgan texnobozorlarda amal qiladi.
Aksiya bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotni havola bo‘yicha o‘tgan holda olish mumkin.
Aksiyada ishtirok etuvchi texnika modellarining ro‘yxatiga shahringiz do‘konlarida aniqlik kiriting.
Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan
Instagram: @SamsungUzbekistan
Telegram: t.me/SamsungUzbekistan
Sayt: www.samsung.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi
21:15 / 03.03.2025