Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya Ukrainani mamlakatning ichki ishlariga aralashishda aybladi
27 sentyabr kuni Rossiya va Vengriya gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma imzoladi. Ukraina bunga nisbatan norozilik bildirdi.
Kiyev Budapeshtni Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan 15 yillik kelishuv imzolagani uchun tanqid qilganidan so‘ng Vengriya Ukrainani mamlakatning ichki ishlariga aralashishda aybladi, deb xabar berdi Reuters.
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Facebook sahifasida Vengriya Kiyevning keskin bayonotidan so‘ng Ukraina elchisi TIVga chaqirtirilganini ma'lum qildi.
“Ukraina Vengriyaga xavfsiz gaz yetkazib berilishini bloklashni istayotganini suverenitetimiz buzilishi deb hisoblaymiz va Ukraina elchisini tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirdik. Ukraina bizdan sezilarli yordam olganidan so‘ng biz bu qadamni nodo‘stona deb bilamiz”, – deyiladi Siyyartoning bayonotida.
O‘z navbatida, Ukraina tashqi ishlar vazirligi ham Vengriya elchisini chaqirtirdi.
“Ukrainani aylanib o‘tib gaz olish mamlakatimiz milliy xavfsizligi va Yevropa energetik xavfsizligiga putur yetkazadi. Ukraina milliy manfaatlarini himoya qilish uchun qat'iy choralar ko‘radi”, – dedi Ukraina TIV matbuot kotibi Oleg Nikolenko.
27 sentyabr kuni Rossiya va Vengriya gaz yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, Rossiya Vengriyaga yiliga 4,5 milliard kub metr gaz yetkazib beradi: 3,5 milliard kub metrini Serbiya va bir milliard kub metrini Avstriya orqali.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025