Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyadagi mahalliy saylovlarda hukmron partiya oldinda, Saakashvili tarafdorlari ovozlarning uchdan birini qo‘lga kiritgan
Gruziyada 2 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan mahalliy hokimiyat organlari uchun o‘tkazilgan saylovlarda, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hukmron «Gruzin orzusi» partiyasi yetakchilik qilmoqda. «Rustavi 2» telekanali xabariga ko‘ra, bu partiya 48 foizdan ortiq ovoz to‘plagan.
Ikkinchi o‘rinda — Mixail Saakashvili tomonidan asos solingan «Yagona milliy harakat». Bu partiya 31 foizdan ortiq saylovchilarning ovozlarini qo‘lga kiritgan.
Tbilisi merligi uchun saylovlarda ikkinchi tur o‘tkaziladi, nomzodlarning hech biri 50 foizdan ortiq ovoz to‘play olmagan. Amaldagi mer Kaxa Kaladze 45 foiz atrofida ovoz olgan, uning asosiy raqibi — «Yagona milliy harakat» yetakchisi Nika Meliya — 34 foiz ovozga ega chiqqan.
- Gruziyadagi saylovlar arafasida mamlakatga so‘nggi sakkiz yil ichida ilk marta sobiq prezident Mixail Saakashvili qaytgandi. U o‘z tarafdorlariga yordam berish uchun qaytganini aytib, ularni saylovda ishtirok etishga chaqirgandi. Saakashvilini tez orada qo‘lga olishdi va chegarani noqonuniy kesib o‘tishda ayblashdi. U Gruziyada avval ham ikki jinoiy ish bo‘yicha ayblangan.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi
12:30 / 12.03.2025
Saakashviliga 9 yil qamoq jazosi berildi
21:03 / 25.11.2024