O‘zbekiston | 12:55 / 06.10.2021
2740
2 daqiqa o‘qiladi

Urganchning markaziy ko‘chalaridan birida eski binolar buzilib, o‘rniga yangi uy-joylar quriladi

Foto: KUN.UZ

Urganch shahar hokimining Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasi hududida turar joy binolari hamda ijtimoiy soha obektlari qurish bo‘yicha tayyorlangan batafsil rejalashtirish loyihasini tasdiqlash haqidagi qarori (201-12-180-Q/21) qabul qilindi.

Loyihaga ko‘ra, Abulg‘ozi Bahodirxon ko‘chasining Xonqa ko‘chasi bilan tutashgan qismidan Shovot kanaligacha bo‘lgan hududda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli, 1 qavatli eski noturar va turar joy binolari buzib olinib, o‘rnida 7 va 9 qavatli ko‘pxonadonli turar joy binolari (1-2 qavatlari xizmat ko‘rsatish obektlariga mo‘ljallangan) hamda ijtimoiy soha obektlari quriladi.

Qaror Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yig‘ilishi bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida, «O‘zshaharsozlik LITI» Xorazm filiali xulosasiga asosan qabul qilingan.

Batafsil rejalashtirish loyihasi «Arxitektura-rejalashtirish byurosi» korxonasi loyiha bo‘limi tomonidan tayyorlangan va Xorazm viloyati qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Qaror bilan mas'ul shaxslarga hududning batafsil rejalashtirish loyihasini amalga oshirish dasturini ishlab chiqish, tasdiqlatish va bosqichma-bosqich bajarilishini ta'minlash vazifasi yuklatilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid