Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada o‘zbek migrantlari noma'lum moddadan zaharlandi
Bir kishi voqea joyida vofot etgan, uch kishi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Moskvadagi ishchilar yotoqxonasida o‘zbek mehnat muhojirlari g‘alati holatda zaharlanishgan. Bu haqda Mash telegram kanali xabar bermoqda. Hodisa natijasida bir kishi voqea joyida vafot etgan, qolgan uch kishi esa kasalxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Zaharlanganlardan biri yotoqxona egasiga telefon qilib, sog‘lig‘i bilan muammolar yuzaga kelayotganini aytgan. Xostel egasi kelib eshikni taqillatganda hech kim javob bermaganligi va ochmaganligi bois uni buzib kirishga majbur bo‘lgan. Ichkarida ijarachilarning barchasi hushsiz holatda topilgan.
Ma'lum qilinishicha, yotoqxonadan hech qanday bo‘sh shisha yoki oziq-ovqat mahsulotlari topilmagan.
Mavzuga oid
21:50 / 26.04.2023
“Otamiz borligini his qilmay ulg‘ayyapmiz” - migrantlarning bolalari
22:09 / 26.02.2023
Italiya janubida migrantlar kemasi cho‘kib ketdi. Kamida 58 kishi halok bo‘lgan
23:56 / 13.12.2022
Xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik migrantlar soni ma’lum qilindi
18:34 / 20.09.2022