Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Termizda sobiq cho‘pon xonadonida mehmon bo‘ldi va viloyatga safarini yakunlab Toshkentga qaytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi Guliston mahallasida bo‘ldi.
So‘nggi yillarda bu yerda yangi uylar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, bolalar o‘yingohlari barpo qilindi. Hovlilarda yashovchilar yerdan unumli foydalanib, dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik bilan shug‘ullanadi.
Davlat rahbari shu yerlik Saydulla Mirzayev xonadoniga kirib, oilaning yashash sharoitlari bilan tanishdi.
Oila boshlig‘i uzoq yillar cho‘ponlik qilgan. Turmush o‘rtog‘i Hosiyat aya bilan 6 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Xonadon obod. Tomorqadagi issiqxonada limon ko‘chatlari ekilgan.
«Surxondaryo - Xudo bergan zamin. Bu yerda qishloq xo‘jaligidan bir yilda uch marta hosil olish mumkin. Shundan foydalanib, rivojlangan davlatlardan texnologiya olib kelib, mahsulotlarga bozor topishimiz kerak. Bu ham qo‘shimcha daromad, yangi ish o‘rinlari bo‘ladi», - dedi prezident.

Saydulla ota bugungi kunda o‘g‘li tadbirkor, kelini shifokor bo‘lib ishlayotgani, nevaralari yaxshi ta'lim olayotgani, turmushiga shukr qilishini aytdi.
«Shukronalik - eng ezgu qadriyat. Hozir yashash uchun ham, o‘qish, ishlash uchun ham hamma sharoit bor. Eng avvalo, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik bo‘lishi kerak», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Termiz shahrining Manguzar mahallasida qurilgan zamonaviy ko‘p qavatli uylarni ham ko‘zdan kechirdi.
Shu bilan Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi. Davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi.
Mavzuga oid
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi
07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin
21:44 / 04.04.2025