Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘onistonda IShIDga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshladi
Ma'lumot berilishicha, Kobul, Kunar, Nangarhor va Parvon viloyatlarida janglar bo‘lib o‘tmoqda.
"Tolibon" harakati Afg‘onistonning bir necha viloyatida IShID terrorchilik guruhiga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Bu haqda EFE agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Kobul, Kunar, Nangarhor va Parvon viloyatlarida janglar bo‘lib o‘tmoqda. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi vaqtda IShID jangarilari aynan ana shu viloyatlarda faollik ko‘rsatmoqda va vaqti-vaqti bilan toliblarga qarshi hujumlar uyushtirmoqda.
"Maxsus bo‘linmalarimiz razvedka bilan birgalikda IShIDga qarshi operatsiyalar o‘tkazmoqda. Bu harakatni yo‘q qilish va uning mamlakatda tiklanishiga barham berilishini kutyapmiz", – dedi toliblar vakili Bilol Karimiy.
Uning aytishicha, operatsiyalar davomida o‘nlab IShID a'zolari o‘ldirilgani va asirga olingani haqida ma'lumotlar yetib kelgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
21:47 / 22.04.2025
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi
20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji
22:28 / 09.04.2025