Jizzaxda «Jiguli» urib yuborgan 3 yoshli qiz vafot etdi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida qarovsiz qoldirilgan 3 yoshli qizni «Jiguli» urib yuborgan. Oqibatda u vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 19 oktyabr kuni soat 19:00 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-38 avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan 41-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Jizzax shahrida yashovchi haydovchi «Jiguli» mashinasini Jizzax – G‘allaorol yo‘nalishida o‘z boshqaruvida bo‘lgan yo‘lni kesib o‘tayotgan G‘allaorol tumanida yashovchi 2018 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz B.F.ni urib yuborgan. Oqibatda qiz og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, qo‘shninikida bo‘layotgan to‘yda qatnashish uchun ota-ona bolalarni qarovsiz qoldirib ketgan. Natijada 3 yoshli qiz ko‘chaga chiqib ketgan qolgan.
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024