Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda mahalladoshining uyidan tilla buyumlarni o‘g‘irlagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida mahalladoshining uyidan tilla buyumlarni o‘g‘irlagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 16 oktyabr kuni, Denov tumani Totuvlik mahallasida yashovchi, D.A. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 9 sentyabr kuni noma'lum shaxs yashash uyidan 3 turdagi umumiy qiymati 6 million 732 ming so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni D.A.ning mahalladoshi Ch.O. sodir etgani aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 16 oktyabr kuni Denov tumani IIB tomonidan Ch.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
11:20 / 02.05.2025
Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi
11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi
14:13 / 16.02.2025