Jahon | 20:25 / 08.11.2021
2709
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadada vaksinani organizmga ignasiz kirituvchi robot ishlab chiqildi

Foto: Videodan kadr

Kanadaning Cobionix kompaniyasi mushak ostiga inʼeksiyalarni shprits ignasisiz kirita oluvchi birinchi robotni taqdim etdi.

Robot Cobi deb atalgan va unga vaksinani odam tanasiga kiritish uchun igna talab etilmaydi. Buning o‘rniga qurilma vaksinani inson sochi tolasidek qalinlikdagi oqim bilan yuqori bosimda organizmga kiritadi.   

Robot 3D-datchik evaziga yonida odam borligini aniqlay oladi. Shundan keyin undagi manipulyator LiDAR texnologiyasi yordamida odam tanasining uch o‘lchamli suratini yaratadi. Ushbu surat sun'iy ong tomonidan qayta ishlanadi va robot kerakli joyga vaksinani yuboradi.

Kompaniya bosh direktori Tim Lassuellning ta'kidlashicha, bemorlar ushbu texnologiya yordamida mushak osti inʼeksiyalarini ignasiz va odam ishtirokisiz olishlari mumkin bo‘ladi.

Kompaniyada robot kamida 2 yildan keyin keng qo‘llanishi mumkinligi aytilgan. Bundan oldin esa bir qator sinovlar o‘tkazish, tegishli sertifikatlar va ruxsatlar olish lozim. Qurilma emlash jarayonini jadallashtirishi va unga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishi kutilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid