Jahon | 23:16 / 08.11.2021
3621
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya muayyan toifadagi xorijliklarga mamlakatga kirishga ruxsat berdi

Foto: Issei Kato / Reuters

Yaponiya hukumati 8 noyabrdan muayyan toifadagi xorijliklarga mamlakatga kirishga ruxsat berdi. Kunchiqar mamlakatga xizmat bo‘yicha (Certificate of Eligibility sertifikati egalari), biznes-safar yoki madaniy almashuv maqsadida keluvchi xorijliklarga kirishga ruxsat berilgan.

Buning uchun qabul qilayotgan tomon tayyorlagan va tegishli vazirlik tomonidan ma'qullangan ruxsatnoma kerak bo‘ladi.

Yaponiyaga keluvchi xorijliklar emlanganlik haqidagi sertifikatga, 72 soat ichida topshirilgan manfiy PZR-testga ega bo‘lishlari hamda mamlakatga kelgach uch kunlik karantindan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Ta'kidlanishicha, Yaponiyaga hozircha sayyohlik maqsadida yoki yaqinlarini yo‘qlash uchun vizalar berilmayapti.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid