O‘zbekiston | 07:44 / 09.11.2021
7365
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2022 yilda 32ta yirik davlat aktivi sotiladi

O‘zbekistonda 2021 yilda 4,5 trln so‘mlik 619 ta davlat aktivi sotilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabarida aytildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 2021-2022 yillarda davlat ulushi bo‘lgan korxonalar sonini kamida 3 barobar qisqartirish rejalashtirilgan. Joriy yilda 4 trillion 500 milliard so‘mlik 619ta davlat aktivi sotilgan.

Kelgusi yilda esa 32ta yirik davlat aktivini sotish, “O‘zsanoatqurilishbank”ni xususiylashtirish, davlat korxonalarining 368ta nosohaviy va samarasiz aktivlarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan. 

“Hududlarda 770 ta aktiv sotishga tayyorlangan. Bular orqali budjetga qariyb 10 trillion so‘m tushum ta'minlanishi ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining “Bozor va savdo komplekslari boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda ulardagi davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e'lon qilingandi.

Ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) birinchi bosqichda eksperiment tariqasida “hammasi bir joyda” tamoyili asosida zamonaviy ko‘rinishga keltirish sharti bilan belgilangan tartibda sotiladigan bozor va savdo komplekslari ro‘yxati tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid