Jahon | 21:10 / 10.11.2021
5105
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha bosh vaziri migratsiya inqirozini “Lukashenkoning qasosi” deb atadi

Polsha bosh vazirining ta'kidlashicha, chegaradagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyat davlat terrorizmining ko‘rinishi hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Polsha-Belarus chegarasidagi inqiroz migratsion emas, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko vujudga keltirgan siyosiy inqiroz hisoblanadi, dedi Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy.

“So‘nggi kunlardagi voqealar Polsha va Yevropa uchun sinov va biz vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligini tushunib turibmiz, ehtimol Lukashenkoning yangi ig‘vogarona uslublariga to‘qnash kelishimiz mumkin”, - dedi Moravetskiy.

Polsha bosh vazirining ta'kidlashicha, chegaradagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyat davlat terrorizmining ko‘rinishi hisoblanadi.

“Bu shuningdek, Belarus aholisining o‘tgan yil avgustda bo‘lib o‘tgan demokratik saylovlari qo‘llab-quvvatlangani uchun Aleksandr Lukashenkoning jimgina qasosi hamdir”, - deya qo‘shimcha qildi Moravetskiy.

Belarus va YeI mamlakatlari chegarasidagi migratsion inqiroz yozda, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko noqonuniy migrantlar oqimiga qarshi kurashmasligini aytganidan so‘ng yuzaga kelgandi.

Polsha chegara xizmatida ta'kidlanishicha, 8 noyabrdan beri respublika chegarasi yaqinida 2-4 minggacha muhojir to‘plangan. Ular Yevropa Ittifoqi hududiga o‘tishga harakat qilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid