Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda transformator portlab yonib ketdi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida transformator portlab yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 9 noyabr kuni soat 18:34 da Koson tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga «Pudina» MFY Ziyoratgoh ko‘chasida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, bitta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:49 da voqea joyiga yetib borgan. Transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgandan so‘ng yong‘in soat 19:22 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan, tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Bulung‘ur tumanining bir qancha mahallalarini chiroq bilan ta'minlaydigan nimstansiyada yong‘in yuz bergandi.
P.S. Mutaxassislarning aytishicha, kunlar sovigach elektr energiyasi iste'moli oshadi va ancha yillardan buyon foydalanib kelinayotgan eski transformatorlar portlaydi, yonib ketadi.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025