Jahon | 23:23 / 11.11.2021
18655
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili bir shart bilan ochlikni to‘xtatishga rozi bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Gruziyaning sobiq prezidenti, 1 oktyabrda hibsga olingandan beri ochlikni davom ettirayotgan Mixail Saakashvili bir shart bilan ochlikni to‘xtatishga rozi bo‘ldi. Siyosatchi davolanish uchun turma shifoxonasidan Tbilisidagi shahar klinikasiga ko‘chirilsa, ochlikni darhol to‘xtatishini aytdi. Saakashvilining bu haqida OAV uchun tayyorlagan bayonotini uning advokati Nika Gvaramiya o‘qib eshittirdi.

“Men Strasburg sudi va g‘arbdagi hamkorlarim chaqiriqlarini hisobga olib, ochlikni to‘xtatishga qaror qildim. Meni bu muassasadan (turma shifoxonasi) tegishli muassasaga o‘tkazishsa, ochlikni darhol to‘xtataman”, deb aytilgan siyosatchining bayonotida.

Saakashvili Gruziyaga qaytgandan keyin 1 oktyabrda hibsga olingan. Shundan keyin u bunga norozilik sifatida ochlik e'lon qilgan. Buning natijasida uning sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘lgan va mutaxassislar uni shifoxonaga o‘tkazishni tavsiya qilishgan. Biroq Saakashvili davolanish uchun turma shifoxonasiga emas, balki xususiy klinikaga o‘tkazilishini talab qilgan.

8 noyabrda siyosatchi Rustavidagi turmadan Tbilisidagi turma shifoxonasiga ko‘chirilgan.

Mavzuga oid