Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada 9 nafar deputat Saakashvilini qo‘llab-quvvatlab ochlik e'lon qildi
Gruziya parlamentining muxolif partiyadan 9 nafar deputati sobiq prezident Mixail Saakashvili qo‘llab-quvvatloviga ochlik e'lon qildi. Ular 1 oktyabrdan beri ochlikni davom ettirayotgan va shu sababli sog‘lig‘i yomonlashgan siyosatchining turma shifoxonasiga emas, balki oddiy shifoxonaga yotqizilishini talab qilishmoqda.
“Biz hukumat shifokorlarning Saakashvilini ko‘p tarmoqli klinikaga yotqizilishi bo‘yicha tavsiyalarini e'tiborga olmayotganiga jim qarab tura olmaymiz. Bizning ochlik e'lon qilishimizga boshqa deputatlar ham qo‘shiladi, deb ishonamiz”, deb aytgan Saakashvili asos solgan “Yagona milliy harakat” partiyasidan deputat David Kirkitadze.
Avvalroq Saakashvilining shaxsiy shifokori Nikoloz Kipshidze sobiq prezident og‘ir ahvoldaligini va o‘rnidan tura olmayotganini ma'lum qilgan. Uning fikricha, siyosatchini shahar klinikasiga o‘tkazish lozim. Saakashvili hibsda ushlab turilgan tergov izolyatori xodimlarining aytishicha, siyosatchi doimiy tibbiy kuzatuv ostida qolmoqda va shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj emas.
8 noyabrda Saakashvili yaqinlari va advokatlari bilan kelishilmagan holda Rustavi shahridagi turmadan Tbilisidagi turmaning shifoxonasiga ko‘chirilgandi.
13 noyabrda Gruziyaning sobiq prezidenti tarafdorlari Tbilisida norozilik namoyishi o‘tkazib, siyosatchining ozod qilinishi va oddiy shifoxonaga o‘tkazilishini talab qilishgan.
Saakashvili 1 oktyabrda Ukrainadan Gruziyaga qaytgandan keyin hibsga olingandi. Siyosatchi o‘zini “siyosiy mahkum” deb atab, o‘shandan beri hibsga olinishiga norozilik sifatida ochlikni davom ettirib kelmoqda.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi
12:30 / 12.03.2025
Saakashviliga 9 yil qamoq jazosi berildi
21:03 / 25.11.2024