Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST COVID-19ning yangi shtammi bois shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
Tashkilot vakillari yig‘ilishda vaksinatsiya yangi shtammdan qanchalik himoyalashini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi shtammi aniqlangani sababli shoshilinch yig‘ilish chaqirdi. Bu haqda CNBC telekanali xabar berdi.JSSTning bildirishicha, hozirda yangi mutatsiya kuzatuvda. Tashkilot vakillari yig‘ilishda vaksinatsiya yangi shtammdan qanchalik himoyalashini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
«Biz bu haqda juda kam ma'lumotga egamiz. Bilganimiz, bu variant juda ko‘p mutatsiyaga ega. Xavotirimiz shundaki, mutatsiya ko‘pligi virusning o‘zini tutishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin», — dedi JSST texnik rahbari Mariya Van Kerxov.
Avvalroq Botsvana, JAR va Hongkongda yangi shtammni yuqtirish bilan bog‘liq o‘nta holat qayd etilgani xabar qilingandi. U 32ta mutatsiyaga ega.
Virusolog Tom Pikok yangi shtamm mutatsiyalarini «dahshatli» deb atadi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu variant «Delta» shtammidan ham xavfli.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
14:54 / 30.03.2025