Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ovga chiqib ketib, qaytmagan fuqaroni qidirishga dron jalb etildi
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 28 noyabr kuni uyidan ov qilish uchun chiqib ketgan 36 yoshli fuqaro bedarak yo‘qolgan.
Yozyovon tuman hokimligi xabar qilishicha, Farg‘ona viloyati IIB navbatchilik qismiga 1 dekabr kuni tumanning «Yangiariq» mahallasi Bahor ko‘chasida yashovchi M.M. (1985 yilda tug‘ilgan) 28 noyabr kuni soat 06:30 atrofida Yozyovon tumani Yangiobod mahallasidagi suv omboriga ov qilish uchun ov quroli va o‘ziga tegishli Damas mashinasi bilan ketib, qaytib kelmagani haqida xabar kelib tushgan.
U ov quroli va Damas’da chiqib ketib, qaytmagani sabab oila a'zolari va qarindoshlari uni qidirib, suv ombori hududidan Damas mashinasini qulflangan holda, sumkasini esa suv ichidan topgan.
Hozirda bedarak ketgan M.M.ni topish maqsadida tuman IIBning 45 nafar, Milliy gvardiyaning 21 nafar, FVV qutqaruv guruhining 8 nafar, hokimiyatning 4 nafar, jamoatchilikning 8 nafar, jami 86 nafar vakili qidiruv ishlari olib bormoqda. Shuningdek, sakkizta qayiq, dron apparati jalb qilingan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025