Jahon | 11:33 / 05.12.2021
7201
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada samolyot ko‘prikka qo‘nib, yo‘l-transport hodisasi keltirib chiqardi

Germaniya janubida kichik o‘lchamli A62 samolyoti avtomobil ko‘prigiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirib, yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Pirmazens shahri politsiyasida ma'lum qilindi.

Foto: twitter.com/Polizei_PS

Ta'kidlanishicha, voqea 4 dekabr soat 12 atrofida yuz bergan. 72 yoshli uchuvchi boshqargan samolyot Fransiyadan Quyi Saksoniya tomon yo‘nalayotganda uning dvigateli ishlamay qolgan.

Oqibatda uchuvchi favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan va qo‘nish uchun Reynland-Pfals yeridagi Shvarsbaxtalbryukke ko‘prigini tanlagan. Ta'kidlanishicha, ko‘prik balandligi 100 metrga yaqinni tashkil qiladi.

Samolyotning ko‘prikka kutilmaganda qo‘nishi yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqargan. Samolyotga yuk mashinasi kelib urilgan. Buning oqibatida uchuvchi yengil jarohat olgan, haydovchiga hech narsa qilmagan. Biroq noodatiy yo‘l-transport hodisasi avtoban bo‘ylab harakatning 6 soatdan ko‘proq to‘xtab qolishiga sabab bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid