Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» «Inter»ga qarshi, «Atletiko» va «Milan»ning taqdiri hal bo‘ladi. Chempionlar ligasi so‘nggi tur intrigalari
Bugun, 7 dekabr seshanba oqshomida Chempionlar ligasi 6-tur bahslariga start beriladi. Dastlabki to‘rt guruhdagi o‘yinlar orasida superklublarning turnirdagi keyingi taqdiri hal etiladigan to‘qnashuvlar joy olgan. Quyida so‘nggi tur qarama-qarshiliklari hamda guruhlardagi vaziyat bilan tanishtiramiz.
Chempionlar ligasi 6-turidan avval 1/8 finalga yo‘llanma olgan klublar: «Ayaks», «Bavariya», «Inter», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Pari Sen-Jyermen», «Real», «Sporting», «Chelsi», «Yuventus».
6-tur o‘yinlaridan keyin 1/8 finalga chiqishi mumkin bo‘lgan klublar: «Atalanta», «Atletiko», «Barselona», «Benfika», «Vilyareal», «Volfsburg», «Zalsburg», «Lill», «Milan», «Portu», «Sevilya».
Yevropa ligasi pley-off o‘tish o‘yinida ishtirok etishi oydinlashgan klublar: «Borussiya» Dortmund, «Zenit», «Sherif».
Yevropa ligasi pley-off o‘tish o‘yinida ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotmagan klublar: «Bryugge», «Leypsig», «Yang Boyz».
YeChL. 6-tur. 7 dekabr (seshanba)
«A» guruhida vaziyat qanday?
- «Manchester Siti» 1/8 finalga 1-o‘rin bilan chiqdi.
- «PSJ» 1/8 finalga 2-o‘rin bilan chiqdi.
- «Leypsig» klubi «Siti»ni mag‘lub etsa yoki «Bryugge» «PSJ»ga mag‘lubiyatga uchrasa, Yevropa ligasi pley-off bahsida o‘ynaydi. Belgiya klubi durang o‘ynasa, nemislarni durang ham qanoatlantiradi.
- «Bryugge» jamoasi «PSJ»ni mag‘lub etsa va «Leypsig» ochko yo‘qotsa, ular Yevropa ligasi pley-off o‘tish o‘yinida qatnashadi.
«PSJ» - «Bryugge»
«PSJ»: Donnarumma; Dagba, Kerer, Kimpembe, Nunu Mendesh; Ebimbe, Guey, Veynaldum; Messi, Mbappe, Di Mariya
O‘ynamaydi: Draksler (jarohat), Neymar (jarohat)
So‘roq ostida: Ramos (jarohat), Errera (jarohat)
«Bryugge»: Minole; Sobol, Mexele, Xendri, Mata; Vanaken, Balanta, Vormer; de Ketelare, Lang, Sova
«Leypsig» - «Manchester Siti»
«Leypsig»: Gulachi; Simakan, Gvardiol, Klostermann; Adams, Kampl, Nkunku, Anxelino, Forsberg; Andre Silva, Brobbey
O‘ynamaydi: Olmo (jarohat), Sarachchi (jarohat), Aydara (jarohat), Poulsen (jarohat), Xalstenberg (jarohat)
So‘roq ostida: Orban (betob), Novoa (betob), Moriba (jarohat)
«Manchester Siti»: Ederson; Uoker, Stounz, Ake, Zinchenko; Gundo‘g‘an; Fernandino, Bernardu Silva; Mahrez, Gabriel Jyezus, Grilish
O‘ynamaydi: Ferran Torres (jarohat)
«B» guruhida vaziyat qanday?
- «Liverpul» 1/8 finalga 1-o‘rin bilan chiqdi.
- «Portu» «Atletiko»ni mag‘lub etsa yoki durang o‘ynab, «Milan» ochko yo‘qotsa, 1/8 finalga yo‘llanma oladi.
- «Atletiko» «Portu»ni mag‘lub etsa, «Milan» esa ochko yo‘qotsa, Madrid klubi 1/8 finalga yo‘llanma oladi.
- «Milan» «Liverpul»ni mag‘lub etsa, parallel o‘yinda esa durang qayd etilsa, Italiya klubi 1/8 finalga chiqadi.
«Portu» - «Atletiko»
«Portu»: Diogu Koshta; Joau Mariu, Mbemba, Pepe, Zaydu; Serjiu Oliveyra, Vitinya, Luis Dias, Otavio; Taremi, Evanilson
O‘ynamaydi: Uribe (diskvalifikatsiya), Markano (jarohat), Pepe (betob)
So‘roq ostida: Joau Mariu (charchoq), Gruich (jarohat), Fransishku Konseysau (jarohat)
«Atletiko»: Oblak; Lorente, Vrsalko, Ermoso, Lodi; Korrea, Koke; Kondogbia, Lemar; Grizmann, Suares
O‘ynamaydi: Felipe (diskvalifikatsiya), Savich (jarohat), Tripper (jarohat), Shaponich (jarohat), Himenes (jarohat).
«Milan» - «Liverpul»
«Milan»: Menyan; Kalyulyu, Romanoli, Tomori, Teo Ernandes; Kessi, Tonali; Salemakers, Krunich, Braim Dias; Ibrahimovich
O‘ynamaydi: Rebich (jarohat), Plitssari (jarohat), Ker (jarohat), Kalabriya (jarohat), Jiru (jarohat), Leau (jarohat)
«Liverpul»: Alisson; Aleksander-Arnold, Konate, van Deyk, Tsimikas; Tyago Alkantara, Morton, Oksleyd-Chemberlen, Saloh, Origi, Mane
O‘ynamaydi: Milner (diskvalifikatsiya), Firmino (jarohat), Jons (ko‘z), Elliot (jarohat)
So‘roq ostida: Gomes (jarohat), Keyta (jarohat)
«S» guruhida vaziyat qanday?
- «Ayaks» 1-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi.
- «Sporting» 2-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi.
- «Borussiya» 3-o‘rin bilan Yevropa ligasi pley-off o‘tish o‘yinida qatnashadi.
- «Beshiktosh» guruhdan chiqa olmadi.
«Borussiya» Dortmund - «Beshiktosh»
«Borussiya» D: Kobel; Mene, Akanji, Xummels, Gerreyru; Vitsel; Bellingem; Daud; Roys, Malen, Volf
O‘ynamaydi: Emre Jan (diskvalifikatsiya), Morey (jarohat), Mukoko (jarohat), Shmelser (jarohat), Unbexaun (qo‘l), Brandt (bosh chayqalishi), Byurki (betob)
So‘roq ostida: Azar (betob), Reyna (jismoniy holat)
«Beshiktosh»: Ersin Destano‘g‘lu; Roze, Vida, Montero, Umut Merash; Souza, Xatchinson, Jan Bozdogan, G‘azzol, Lerin; Bachuayi
O‘ynamaydi: Mert Gyunok (jarohat), Pyanich (shamollash), Aleks Teysheyra (jarohat), N'Kudu (jarohat), Gyokhan Tere (jarohat)
«Ayaks» - «Sporting»
«Ayaks»: Pasveyer; Mazraui, Timber, Martines, Blind; Alvares, Bergxeys, Gravenberx; Antoni, Alle, Tadich
O‘ynamaydi: Klayber (jarohat), Kudus (jarohat), Stekelenburg (jarohat)
«Sporting»: Virjinia; Inasiu, Netu, Esgayu; Gonsalu Estevesh, Ugarte, Bragansa, Mateus Reys; Sarabiya, Paulinyu, Pote
O‘ynamaydi: Jovane Kabral (jarohat), Vinagre (jarohat), Palinya (jarohat), Koates (betob), Feddal (jarohat)
«D» guruhida vaziyat qanday?
- «Real» 1/8 finalga chiqdi. «Inter» mag‘lub etilsa, 1-o‘rinni egallaydi.
- «Inter» 1/8 finalga chiqdi. «Real» mag‘lub etilsa, 1-o‘rinni egallaydi.
- «Sherif» 3-o‘rinni egallab, Yevropa ligasi pley-off o‘tish o‘yinida qatnashadi.
- «Shaxtyor» guruhda so‘nggi o‘rinda qoldi.
«Real» - «Inter»
«Real»: Kurtua; Karvaxal, Nacho, Alaba, Marselo; Valverde, Kazemiro, Kamavinga; Asensio, Yovich, Vinisius
O‘ynamaydi: Beyl (jarohat), Sebalos (jarohat), Benzema (jarohat)
«Inter»: Handanovich; Shkriniar, de Vrey, Bastoni; Dumfris, Barella, Brozovich, Chalxano‘g‘lu, Perishich; Jyeko, Lautaro Martines
O‘ynamaydi: Darmian (jarohat), Ranokkiya (jarohat), Korrea (jarohat)
«Shaxtyor» - «Sherif»
«Shaxtyor»: Trubin; Dodo, Marlon, Matviyenko, Korniyenko; Markos Antonio, Stepanenko; Tete, Sudakov, Mudrik; Pedrino
O‘ynamaydi: Traore (jarohat), Dentino (klubni tark etdi)
So‘roq ostida: Junior Moraes (jarohat), Ismaili (noma'lum), Alan Patrik (noma'lum), Fernando (noma'lum), Maykon (noma'lum), Vitao (noma'lum)
«Sherif»: Atanasiadis; Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano; Addo, Till; Traore, Kolovos, Kastaneda; Yansane
O‘ynamaydi: Kiabu (jarohat), Jasur Yaxshiboyev (jarohat).
YeChL 6-tur uchrashuvlari vaqti va TV-translatsiyasi:
Mavzuga oid
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
18:36 / 07.05.2025