O‘zbekistonda ilk marotaba Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan WFME xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tdi
Bugungi kunda ilk bor O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan Butunjahon tibbiy ta'lim federatsiyasi tomonidan (WFME prezidenti Devid Gordonning tavsiyasi, ekspertlar xulosasi va talablari asosida) xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi.
Qo‘lga kiritilgan xalqaro akkreditatsiya bilan endilikda Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilarining diplomi jahon miqyosida tan olinadi.
Akkreditatsion kengashning xulosasiga muvofiq Toshkent davlat stomatologiya instituti bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari akkreditatsiyadan o‘tdi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti xalqaro akkreditatsiyasi – O‘zbekistondagi ta'lim dasturlarining xalqaro sifat standartlariga mosligini baholash jarayoni bo‘lib, Oliy ta'lim sifati kafolati Yevropa assotsiatsiyasi (ENQA) a'zosi va Sifat kafolati agentliklari Yevropa reyestrida (EQAR) mavjud mustaqil xorijiy agentlik tomonidan o‘tkazildi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan xalqaro akkreditatsiyaning qo‘lga kiritilishi, institut jamoasi uchun xalqaro ta'lim maydonida imkoniyatlarni kengaytiradi. Xususan, ta'lim dasturlarining dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishi, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish, ta'lim jarayonlari oshkoraligi va ochiqligini ta'minlash, bitiruvchilar kompetentligini oshirish.
Ma'lumot o‘rnida, bugungi kunda Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyodagi 20 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning 100 dan ortiq yetakchi xorijiy OTM va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Respublika oliy ta'lim muassasalari orasida Yevropa ittifoqida o‘z filialiga, xalqaro sifat menejmenti ISO 9001:20.15 sertifikatiga hamda Finlandiyaning JAMK universiteti bilan hamkorlikdagi «Tibbiyot va innovatsiyalar» ilmiy-amaliy jurnaliga ega.
Toshkent davlat stomatologiya instituti axborot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
13:25 / 08.04.2023
Toshkent davlat stomatologiya institutida «Tibbiyot va innovatsiya» xalqaro talabalar olimpiadasi o‘tkazildi
13:01 / 04.04.2023
Toshkent davlat stomatologiya institutida yangi talabalar turar joyi ochildi
16:37 / 17.12.2022
Qaror ortiga berkinayotgan vazirliklar: 120 yillik bino buzilishiga qaysi hujjat asos bo‘lgan?
10:01 / 11.11.2022