Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun 4 000ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli uy-joylar quriladi
Prezidentning “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun 4 000 ta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar qurish va ushbu ishlar bo‘yicha buyurtmachi etib “O‘zshahar qurilish invest” IK MChJni belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2022 yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun ko‘p qavatli uy-joylar qurishning asosiy parametrlarini hamda qurish uchun ajratiladigan yer maydonlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Toshkent shahrida kamida 5 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda kamida 2 tadan ipoteka xizmatlarini ko‘rsatish markazlarini tashkil qiladi.
Ushbu markazlarda uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub'yektlari, qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarning shartlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar taqdim etilishini; subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalarni berish, uy-joy oldi-sotdisi va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish, uy-joyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari ko‘rsatilishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
10:10 / 21.05.2025
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi amalga oshiriladi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025