O‘zbekiston | 08:17 / 13.12.2021
7457
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yuk avtomobillari importini oshirdi

Yuk avtomobillari importi 1 674 taga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aytiladi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga 19 ta xorijiy davlatlardan qiymati 230,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5 085 ta yuk avtomobillari import qilingan.

Yuk avtomobillari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 674 taga oshgan. 

O‘zbekiston 10 oyda yuk avtomobillarini eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Xitoy — 3954 ta;
  • Rossiya — 787 ta;
  • Belarus — 90 ta;
  • Litva — 74 ta;
  • Koreya — 40 ta.

10 oyda 3257 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. O‘zbekistonda aholiga tegishli bo‘lgan 168 810 ta yuk avtomobillari bor.

Mavzuga oid