Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda sobiq xotinini 7 marotaba pichoq urib o‘ldirgan erkak 13 yilga qamaldi
Foto: KUN.UZ
Joriy yilning 23 avgust kuni Qoraqalpog‘istonda ayoli bilan ajrashgan erkak qizlarini ko‘rish uchun ularning oldiga borgan. Erkak ayoli bilan ajrashganidan so‘ng unga aliment pullarini to‘lamagan. Bu esa ayolning sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtada janjal kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, ayol sobiq erining yuziga tarsaki tushirgan. Shundan so‘ng, erkak jahl ustida ayolni 7 marotaba pichoqlagan. Oqibatda ayol vafot etgan.
Sobiq ayolini o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi. Unga nisbatan JKning 97-moddasi bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Bundan oldin Shumanayda 2 nafar aliment to‘lamagan ota 15 sutkaga qamalgandi.
Mavzuga oid
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
17:28 / 21.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni avtobusda ushlashgan. Hodisa tafsilotlari
14:25 / 30.04.2025
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
07:33 / 26.04.2025