O‘zbekiston | 19:26 / 16.12.2021
3088
1 daqiqa o‘qiladi

KOICA O‘zbekistondagi IT Park'ka 4,5 mln dollar grant ajratadi

Foto: AKT vazirligi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida ikki mamlakat mutasaddilari o‘rtasida o‘zaro uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

16 dekabr kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Seulda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti o‘rinbosari Im Chjon Xi bilan uchrashdi.

Vazirlikdan ma’lum qilishlaricha, tomonlar Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va O‘zbekiston Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (IT Park) hamkorligida “O‘zbekistonda IT-Park'ning barqaror rivojlanishi asoslarini shakllantirish va salohiyatini oshirish” loyihasini amalga oshirishni muhokama qilgan.

Uchrashuv davomida loyiha bo‘yicha muhokama bayoni imzolandi. Unga asosan, KOICA O‘zbekistondagi IT-Park salohiyatini oshirishga 4,5 million dollar grant ajratadi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid