Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In “bemajol” holda ko‘rinish berdi
Mirror nashri Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In oxirgi vaqtda juda oriqlab ketganini ma’lum qildi. Jumladan, u otasi, mamlakatning sobiq yetakchisi Kim Chen Ir vafotining 10 yilligi munosabati bilan poytaxt Pxenyanda o‘tgan tadbirda “bemajol” holda suratga olingan.
OAVda ta’kidlanishicha, suratlarda u toliqqan ko‘rinishda bo‘lgan.
Mirror’ning ma’lum qilishicha, 2021 yil davomida Kim Chen In omma oldida kam ko‘ringan. Shu sababli uning betobligi haqida gaplar tarqalgandi.
Avvalroq shimoliy koreyaliklarga Kim Chen Ir vafotining 10 yilligi munosabati bilan motam tutish buyurilgani ma’lum qilingandi. Jumladan, ularga 11 kun davomida kulish, yaxshi kayfiyatda yurish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish, oilaviy tantanalar o‘tkazish taqiqlab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025