O‘zbekiston | 11:44 / 22.12.2021
13731
1 daqiqa o‘qiladi

Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumaniga yangi hokim tayinlangan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 22 dekabr kuni Oqdaryo tumanida xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan va unda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Najmiddin Sulaymonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Sessiyada deputatlar tomonidan Sherzod Qudratov nomzodi Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Mazkur tayinlovgacha Sh.Qudratov Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Bulung‘ur tumaniga ham yangi hokim tayinlangan. Shuningdek, Buxoro viloyati Romitan tumani, Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga ham yangi hokim tayinlangan.

Mavzuga oid