O‘zbekiston | 19:50 / 29.12.2021
6577
2 daqiqa o‘qiladi

Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda uy egasi kuyish oqibatida halok bo‘ldi

Foto: FVB axborot xizmati

Marg‘ilon shahrida ko‘p qavatli xonadonlardan birida yashovchi fuqaro o‘z uyida sodir bo‘lgan yong‘inda kuyish oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati FVB axborot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, bugun soat 10:31 da Marg‘ilon shahar 7-YoQK bo‘limiga Marg‘ilon shahar «Alisher Navoiy» MFY Mustaqillik ko‘chasi 525- uy, 40-xonadonda yong‘in bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Foto: FVB axborot xizmati

Yong‘in-qutqaruvchilar voqea joyiga 10:34da yetib borib, 10:36da yong‘in o‘rab olinib, 10:38da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan uyning 4 m² da uy jihozlari yongan. 53 m² maydoni saqlab qolingan. 

Sodir bo‘lgan yong‘inda uy egasi fuqaro A.K. kuyish natijasida voqea joyida vafot etgan.

Foto: FVB axborot xizmati

Yong‘in xonadon egasi tomonidan nosoz elektr kabellaridan belgilanmagan tartibda uyning pol qismidagi gilam to‘shamasi ustidan tortilganligi, elektr kabelga me’yoridan ortiq yuk tushgani natijasida kelib chiqqani aytilmoqda.

Avvalroq Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda 85 yoshli ayol qutqarilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid