Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston politsiyasi Aqtaudagi namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishni boshladi
Xabarlarga ko‘ra, namoyishchilar Aqtau aeroporti yo‘lini to‘sib qo‘yishgan.
Qozog‘istonning Aqtau shahrida politsiya gaz narxi oshishiga qarshi o‘tkazilayotgan namoyishchilarga nisbatan kuch qo‘llashni boshladi, deb xabar berdi “Lenta”.
Xabarda aytilishicha, politsiyachilar bir-birlarining qo‘llarini chalishtirib, namoyishchilarni kuch bilan siqib chiqarmoqda.
Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, namoyishchilar Aqtau aeroporti yo‘lini to‘sib qo‘yishgan.
2 yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau oblasti Janao‘zan shahri aholisi gaz narxi ko‘tarilganidan norozilik bildirgan va hukumatdan narxni ikki baravarga kamaytirishni talab qilib, namoyishga chiqqan. Namoyishlar 3 yanvar kuni ham davom etgan.
3 yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev respublika hukumatiga “Janao‘zandagi vaziyatni zudlik bilan ko‘rib chiqish” bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qilgan.
O‘z navbatida, vazirlar mahkamasi Mang‘istau oblastidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzilganini va gaz narxini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini bildirgan.
Avvalroq Mang‘istau oblasti ma’muriy markazi Aqtau shahri aeroportiga ikkita harbiy-transport samolyotlari yetib kelgani xabar qilingandi.
Mang‘istau oblastidagi noroziliklar fonida respublikaning yirik shaharlarida xavfsizlik choralari kuchaytirilgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025