Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va Turkmaniston bilan chegaraoldi erkin savdo hududlari tashkil etiladi
2022 yilda mintaqaviy tashkilotlar doirasida O‘zbekistonning milliy manfaatlarini faol ilgari surish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyalar faoliyatini yanada faollashtirish va kengaytirish choralarini ko‘rish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Qozog‘iston va Turkmaniston bilan chegaraoldi erkin savdo hududlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish ham mo‘ljallanmoqda.
Bundan tashqari, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li loyihalari jadallashtiriladi. Mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik yanada rivojlantiriladi.
Iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan, davlat va jamiyat farovonligi uchun hissa qo‘shuvchi muhim davlatlararo va mintaqalararo loyihalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etish va O‘zbekiston manfaatlarini izchil ilgari surish ham nazarda tutilgan.
O‘zbekiston chegaraoldi nazorat-o‘tkazish punktlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish orqali ularning o‘tkazuvchanligini oshirish ishlari amalga oshiriladi. Rekonstruksiya ishlari Davlat bojxona qo‘mitasi talablariga va xalqaro standartlarga mos ravishda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025