O‘zbekiston | 20:35 / 05.01.2022
37039
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston xalqi muammolarni mustaqil hal qilish uchun yetarli qat’iyatga egaligiga ishonamiz - O‘zbekiston TIV

O‘zbekiston Qozog‘istondagi vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Vladimir Tretyakov / AP / Scanpix / LETA

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan bayonot berdi.

«Qardosh Qozog‘istonda kechayotgan so‘nggi voqealar O‘zbekistonda xavotir bilan qabul qilinib, ushbu mamlakatdagi vaziyat rivoji diqqat bilan kuzatib borilmoqda.

Ishonchimiz komil, donishmand Qozog‘iston xalqi mamlakatda beqarorlik avj olishining oldini olish, zo‘ravonlik va insonlar orasida qurbonlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikning uddasidan chiqadi.

Qozog‘iston xalqi o‘zaro hamjihatlikni saqlash, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash hamda yuzaga kelgan muammolarni o‘zi mustaqil hal qilish uchun yetarli qat’iyat va irodaga egaligiga ishonamiz.

O‘zbekiston Qozog‘iston xalqi va rahbariyatining mamlakat barqarorligi hamda ravnaqi, millat farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan sa’y-harakatlarini cheksiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlaydi», deyiladi O‘zbekiston tomoni bayonotida.

Mavzuga oid