Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Qozog‘istonda zo‘ravonlik va vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilishdi.
6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
«Suhbat davomida ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini, hamkorlikni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, xususan, Qozog‘istonda vujudga kelayotgan holat yuzasidan fikr almashdilar.
Prezidentlar Qozog‘istonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan barcha choralarni ko‘rish zarurligi to‘g‘risida umumiy fikr bildirdilar.
Shu bilan birga, davlat rahbarlari vujudga kelgan holatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirib, zo‘ravonlik va vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidlab o‘tdilar», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bungacha O‘zbekiston rahbari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hamda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilib, qo‘shni respublikadagi vaziyatni muhokama qilgandi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025