Jahon | 14:43 / 07.01.2022
10949
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda ichki va xalqaro aviaqatnov tiklanmoqda

Olmaotada terrorchilarga qarshi o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida 26 jangari o‘ldirilgani, 18 nafari yaralangani xabar qilindi. 

Foto: Air Astana

Qozog‘istondagi aviakompaniyalar ichki va xalqaro aviaqatnovlarni tiklamoqda.

"Soat 15:00dan Atirau, Turkiston, Chimkent, Dubay va Moskvaga parvozlar tiklanmoqda. Nursulton Nazarboyev xalqaro aeroporti odatdagi rejimda ishlamoqda", - deyiladi “Interfaks” xabarida. 

Qayd etilishicha, Olmaota aeroporti 7 yanvar soat 21:00 gacha ishlamaydi.  

KXShT missiyasi doirasida Qozog‘istonga kelgan rossiyalik desantchilar ushbu aeroport ustidan nazorat tiklanishiga yordam bergani aytilmoqda.

Olmaotada terrorchilarga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazilmoqda, dastlabki xabarlarga ko‘ra, 26 jangari o‘ldirilgan, 18 nafari yaralangan va 3 mingdan ortiq tartibbuzar qo‘lga olingan.

Ostona aeroporti faoliyati va yo‘lovchi hamda yuk tashuvchi poyezdlar qatnovi to‘liq tiklangani aytilmoqda.

Mavzuga oid