O‘zbekiston | 21:13 / 08.01.2022
9562
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiy davlatlar tashqi ishlar vazirlari Qozog‘istondagi voqealar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari 11 yanvar kuni favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.

Foto: Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati

Yig‘ilish videokonferensiya formatida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Xabar qilinishicha, 7 yanvar kuni tashkilot bosh kotibi Bag‘dod Amriyev va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri v.b. Muxtor Tleuberdi bilan telefon orqali muloqot qilgan. Muloqotlarda Qozog‘istondagi so‘nggi voqealar muhokama qilingan.

Avvalroq Turkiy davlatlar tashkiloti Qozog‘istondagi voqealarga munosabat bildirib, a’zo mamlakatni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgandi.

  • Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining 2021 yil noyabrdagi Istanbul sammitida kengash Turkiy davlatlar tashkiloti etib qayta tashkil etildi. Ayni paytda tashkilotga 6ta davlat a’zo: Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston.
  • Turkiy davlatlar tashkilotining ilk sammiti 2022 yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid