Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tadbirlar paytida o‘zbekistonliklar ham to‘xtatib tekshirilishi mumkin» - Qozog‘iston elchisi
Kun.uz muxbiri Darxon Sotiboldidan Qozog‘istonda namoyishlarni uyushtirganlar qatorida o‘zbek millatli fuqarolar ham borligi aytilayotgani bo‘yicha izoh so‘radi.
11 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxon Sotiboldi ishtirokida ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari, uning oqibatlari va voqealarning OAVda yoritilishi yuzasidan maxsus press-brifing tashkil qilindi.
Tadbir yakunida Kun.uz muxbiri Darxon Sotiboldidan Qozog‘istonda namoyishlarni uyushtirganlar qatorida o‘zbek millatli fuqarolar ham borligi aytilayotgani bo‘yicha izoh so‘radi.
Elchiga ko‘ra, Qozog‘istondagi noqonuniy namoyishlarda ishtirok etganlar orasida chet el fuqarolari ham borligi aytilgan bo‘lsa-da, hali ularning fuqaroligi bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q.
«Ha, bu bo‘yicha aytildiki, namoyishlarga chiqqanlar orasida chet mamlakatlar fuqarolari ham bor. Lekin ularning aynan O‘zbekiston yoki Qozog‘iston fuqarolari ekani haqidagi ma’lumot bizda yo‘q. Hozirgi kunda tekshiruv ishlari olib borilyapti. Hamma o‘rganish tadbirlari tugagach barchasi aniq bo‘ladi.
Hali bu borada ishlar olib borilyapti, barcha tadbirlar tugaganidan keyin hammasi oydinlashadi. Tekshiruv tadbirlari paytida qozoq fuqarolari ham, o‘zbek fuqarolari ham to‘xtatib tekshirilishi mumkin. Noqonuniy aksiyaga aloqasi bo‘lmaganlar qo‘yib yuboriladi», – dedi elchi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025