O‘zbekiston | 10:31 / 14.01.2022
28283
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda bir kunda 824 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkentda vaziyat og‘irlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 824 kishida koronavirus aniqlangani, umumiy sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizga tushgani haqida ma’lum qildi.

«2022 yil 13 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 203297 (+824) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Toshkent shahrida kunlik o‘sish 400dan oshgan (bir kun oldin so‘nggi ikki kunda va +331 va +387 edi) , O‘zbekistonda so‘nggi marta kunlik holatlar soni 800dan yuqori bo‘lishi 2021 yil 28 avgustida (+811) kuzatilgandi.

So‘nggi 5 kunda har kuni kunlik kasallanishlar soni tezlik bilan ko‘tarilmoqda:

  • 9 yanvar — 389 ta;
  • 10 yanvar — 425 ta;
  • 11 yanvar — 604 ta;
  • 12 yanvar — 714 ta;
  • 13 yanvar — 824 ta.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 16 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 17 nafari Andijon viloyatida,
  • 11 nafari Buxoro viloyatida,
  • 47 nafari Jizzax viloyatida,
  • 36 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 15 nafari Namangan viloyatida,
  • 41 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 30 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 28 nafari Xorazm viloyatida,
  • 124 nafari Toshkent viloyatida,
  • 434 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
  • Andijon viloyatida 10 nafar,
  • Buxoro viloyatida 12 nafar,
  • Jizzax viloyatida 30 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 10 nafar,
  • Samarqand viloyatida 19 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 11 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
  • Xorazm viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent viloyatida 52 nafar,
  • Toshkent shahrida 46 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197942 (+239) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1511 nafarni tashkil qildi.

«Ma’lumki, shu kunlarda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yanada murakkablashmoqda. Xususan, COVID-19ning yangi omikron shtammi qator mamlakatlarda jiddiy muammolarni yuzaga keltirayotir.

Afsuski, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham kasallanishlar soni yana orta boshladi. Xususan, mamlakatimizda omikron shtammi aniqlandi. Shu sababli barcha yurtdoshlarimizdan dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilib, kasallikka qarshi to‘liq emlanishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid