Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki O‘zbekistonda qariyb 5 mlrd dollarlik 25 ta loyihani hayotga tatbiq etadi
Joriy yil 18 yanvar kuni Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli boshchiligidagi bank delegatsiyasining Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hududiy boshqaruv, ijtimoiy soha vakillari, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari bilan onlayn uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar Jahon bankining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini muhokama qilgan.
Uchrashuvlarda Jahon banki guruhining 2016–2021-moliyaviy yillardagi O‘zbekiston bilan hamkorlik dasturini amalga oshirish natijalari, Jahon bankining O‘zbekistondagi dasturi portfeli (1 yanvar holatiga ko‘ra, umumiy qiymati qariyb 5 mlrd dollar miqdoridagi 25 ta loyiha), yangi hamkorlik dasturini shakllantirishda asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Jahon bankining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini muhokama etish maqsadida Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 noyabrdagi farmoyishiga muvofiq, Jahon banki bilan hamkorlikda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini tayyorlash, uni mamlakat taraqqiyot strategiyasi bilan uyg‘unlashtirish maqsadida hamkorlikning 10 ustuvor yo‘nalishida 10 ta ishchi guruh shakllantirilgan.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi
09:55 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 35 million dollar ajratdi
16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?
16:36 / 10.04.2025