O‘zbekiston | 10:35 / 26.01.2022
8393
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar yana o‘sa boshladi

SSV ketma-ket ikki kunlik pasayishdan so‘ng kasallanishlar soni yana ortgani, so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 1174 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz

«2022 yil 25 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 217360 (+1174) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

24 yanvar kuni 1296, 25 yanvar kuni 1123ta yangi holat haqida xabar berilgandi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 57 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 41 nafari Andijon viloyatida,
  • 56 nafari Buxoro viloyatida,
  • 37 nafari Jizzax viloyatida,
  • 30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 18 nafari Navoiy viloyatida,
  • 27 nafari Namangan viloyatida,
  • 43 nafari Samarqand viloyatida,
  • 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 46 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 133 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 47 nafari Xorazm viloyatida,
  • 139 nafari Toshkent viloyatida,
  • 482 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 61 nafar, 
  • Andijon viloyatida 40 nafar,
  • Buxoro viloyatida 68 nafar,
  • Jizzax viloyatida 38 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 35 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 13 nafar,
  • Namangan viloyatida 56 nafar,
  • Samarqand viloyatida 64 nafar, 
  • Sirdaryo viloyatida 15 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 57 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 142 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 20 nafar,
  • Toshkent viloyatida 257 nafar,
  • Toshkent shahrida 366 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 206727 (+1232) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan 4 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1549 nafarni tashkil qildi.

Vazirlik so‘nggi bir kunda yana 114 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid