O‘zbekiston | 10:45 / 28.01.2022
5929
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar 1200ga yaqin

SSV kasallanishlar soni yana ortgani, so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 1186 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, 1400ga yaqin kishi tuzalgani va 3 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2022 yil 27 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 219663 (+1186) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Bir kun oldin 1117ta yangi kasallanish holati haqida xabar berilgandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 67 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 33 nafari Andijon viloyatida,
  • 43 nafari Buxoro viloyatida,
  • 40 nafari Jizzax viloyatida,
  • 35 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 24 nafari Navoiy viloyatida,
  • 21 nafari Namangan viloyatida,
  • 50 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 46 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 129 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 56 nafari Xorazm viloyatida,
  • 124 nafari Toshkent viloyatida,
  • 503 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 57 nafar, 
  • Andijon viloyatida 50 nafar,
  • Buxoro viloyatida 86 nafar,
  • Jizzax viloyatida 29 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 39 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 21 nafar,
  • Namangan viloyatida 86 nafar,
  • Samarqand viloyatida 43 nafar, 
  • Sirdaryo viloyatida 16 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 55 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 224 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 31 nafar,
  • Toshkent viloyatida 216 nafar,
  • Toshkent shahrida 446 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 209417 (+1399) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1554 nafarni tashkil qildi.

Vazirlik so‘nggi bir kunda yana 216 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilgan.

Mavzuga oid