Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung The Serif televizorini xarid qilgan har bir mijozga smartfon sovg‘a qiladi
Noyob dizaynga ega yangi Samsung The Serif televizorini xarid qilish – sovg‘a sifatida Galaxy A52 smartfonini olish imkonini beradi.
Samsung fevral oyini yoqimli va foydali xaridlar oyi deb e’lon qiladi. Noyob dizaynga ega The Serif televizorini xarid qilar ekansiz, sovg‘a sifatida (havola) Samsung Galaxy A52 smartfonini olishingiz mumkin. U bilan birga uyingizda mohir san’at obekti, cho‘ntagingizda esa – suv va changdan himoyasi bo‘lgan, katta sig‘imli batareyaga ega yangi gadjet paydo bo‘ladi.
Ajoyib zamonaviy tandem
Ortiq devorda zerikarli qora to‘rtburchaklar bo‘lmaydi – dizayndagi yangicha yechim turar joylarni o‘zi bilan bezab turadi. O‘ziga xos I-profilli televizor uy egalari xohlagan joyda, oyoqlari ustiga yoki boshqa tekis yuzaga o‘rnatiladi. 1 fevraldan 28 fevralgacha bo‘lgan muddatda sovg‘a sifatida olish mumkin bo‘lgan Samsung Galaxy A52 smartfoni The Serif televizorini xarid qilganda, yoqimli qo‘shimcha bo‘ladi.
Galaxy A52 kameralarining innovatsion texnologiyasi bilan yanada ko‘proq sifatli suratlar olib, videolar yarating. Smartfon to‘rt modulli kameralar va 64 MPli asosiy obektiv bilan jihozlangan. U yorqin va aniq suratlar va videolarni olish uchun g‘oyatda mos keladi. Batareyasi gadjetning ikki kungacha ishlashini ta’minlaydi. Galaxy A52 smartfonlari IP67 standarti bo‘yicha suvga qarshi himoyaga ega bo‘ldi, bu ortiq suv sachrashi hamda yomg‘irdan xavotir olish kerak emasligini bildiradi.
The Serif har qanday intererni bezatadi, smartfon esa masofadan turib media-kontentni boshqarish imkonini beradi – ilovani o‘rnatish kifoya. Telefon ekranidagi har qanday kontent: fotosuratlar, videolar, taqdimotlar The Serif ekranida aks ettiriladi.
- NFC rejimida mobil telefondagi kontent birgina harakat bilan televizorda osongina namoyish ettiriladi.
- Filmni ko‘rishni smartfonda boshlab, keyin televizorning katta ekraniga o‘tish mumkin.
- Multi View rejimida ekran bir vaqtning o‘zida telekanallardagi yangiliklarni kuzatish va smartfondagi kontent bilan tanishish uchun ikki qismga bo‘linadi.
QLED texnologiyasi bilan tomoshabinlarni ranglar olamiga to‘liq sho‘ng‘ish kutmoqda: turli yuzalar va ranglarning naqadar hayotiyligidan hayratga tushasiz. Faol tovush kuchaytirgich tufayli televizor ovozining balandligi va shovqinni pasaytirish funksiyasi avtomatik ravishda sozlanadi – hatto yoningizda bolalar o‘ralashib turgan yoki ota-onangiz telefonda gaplashayotgan bo‘lsalar ham qahramonlarning har bir so‘zini eshita olasiz.
Aksiya (havola) butun fevral oyi davomida MEDIAPARK, Diskont, Mudo Concept do‘konlari, shuningdek, butun O‘zbekiston bo‘ylab texnika bozorlarida amal qiladi. Faqat 1 fevraldan 28 fevralgacha!
Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan
Instagram: @SamsungUzbekistan
Telegram: t.me/SamsungUzbekistan
Sayt: samsung.uz
Mavzuga oid
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi
21:15 / 03.03.2025