Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘ng‘irot - Namangan - Andijon - Qo‘ng‘irot yo‘nalishida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Qo‘ng‘irot - Namangan - Andijon - Qo‘ng‘irot yo‘nalishida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekiston temiryo‘llari” tomonidan yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida, 2022 yil 5 fevraldan boshlab Qo‘ng‘irot - Andijon - Qo‘ng‘irot yo‘nalishida harakatlanayotgan 654/653-sonli yo‘lovchi poyezdlar Qo‘ng‘irot - Namangan - Andijon - Qo‘ng‘irot yo‘nalishida qatnov amalga oshirishni boshlaydi.
Ushbu poyezdlar harakat davomida Xo‘jayli, Nukus temiryo‘l vokzallarida ham to‘xtab o‘tadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025