Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 ta hududda fuqarolarga yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
3 ta hududda fuqarolarga yer maydonlari olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar S.M. va J.B. oldindan til biriktirib, “D.S.” hamda “A.S.” fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi faoliyati uchun ajratilgan 1,2 gektar yer maydonini fuqaro G.ga go‘yoki bo‘sh yer maydonligini aytib, ushbu yer maydoni 4 sotixini 200 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament, DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari IIV bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.D. fuqaro I.ga tanishlari yordamida Nukus shahri, “Do‘stlik” kanali bo‘yidan 5 000 AQSh dollari evaziga 6 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilib, oldindan 20 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro T.D. Karmana tumani, “Bog‘ishamol” MFY hududidagi tanishi A.ga tegishli 6 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan fuqaro N.ga sotishga kelishib, keyinchalik tanishlari orqali hokim qarorini chiqartirib berishini va’da qilib, xaridorga qalbaki hujjatlarni berib, evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025