O‘zbekiston | 18:18 / 04.02.2022
1233
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda kollej o‘quvchilari 85 million so‘mlik kompyuterlarni o‘g‘riladi

Foto: IIB axborot xizmati

2004 yilda tug‘ilgan ikki nafar kollej o‘quvchisi Namangan shahrida joylashgan kompyuterxonaga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, o‘g‘rilik sodir qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, o‘g‘rilik 28 yanvar kuni sodir bo‘lgan va kompyuterxonada bo‘lgan umumiy narxi 85.064.000 so‘mlik 8 dona kompyuterni o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahridagi kasb-hunar kollejining ikki nafar 2-bosqich talabasi sodir etgani aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid