Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida bojxona nazorati bo‘yicha yangi bitim tasdiqlanadi
Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2021 yil 6 dekabr kuni Nur-Sulton shahrida imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Qozog‘iston hukumati o‘rtasida energiya resurslarini o‘zbek-qozoq bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tishni birgalikda bojxona nazoratidan o‘tkazish to‘g‘risida bitim tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risidagi tegishli bildirishnomani Qozog‘iston tomoniga yuboradi.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan o‘rnatilgan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Qarorning ijrosini nazorat qilish bosh vazir A. Aripov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025